tugmapay

Ijodkorlar uchun

Bilimingiz — sizning mahsulotingiz.

Kurs, e-kitob, yopiq kanal yoki dasturingizni bir necha daqiqada sotuvga chiqaring. Tugma to’lovni qabul qiladi, mahsulotni yetkazadi va hamkorlar orqali sotuvni ko’paytiradi.

UstozlarSMMDizaynerlarDasturchilarTelegram kanallarMurabbiylar

Kimlar uchun

Bilimi va auditoriyasi bor har bir kishi uchun

Instagram’da 2 ming obunachi yoki Telegram’da 50 ming a’zo — muhimi, sizdan o’rganishni xohlovchilar bor.

O’qituvchilar va ustozlar

IELTS, CEFR, matematika, abituriyentlar uchun kurslar va materiallar.

SMM va marketologlar

Kontent-reja shablonlari, keyslar, yopiq klub va mentorlik.

Dizaynerlar

UI kit, shrift, mockup, Figma shablonlari va portfolio audit.

Dasturchilar

Boilerplate, plaginlar, litsenziyali dasturlar va dasturlash kurslari.

Telegram kanal egalari

Pullik VIP kanal va guruhlar — to’lov va kirish avtomatik.

Murabbiylar va ekspertlar

Mashg’ulot dasturlari, ovqatlanish rejalari, konsultatsiyalar.

Mahsulot turlari

Olti xil format — har biri o’z yetkazib berishi bilan

Onlayn kurs

Modul va darslar, video va matn, xaridor progressini kuzatadi

Raqamli mahsulot

E-kitob, shablon, preset, qo’llanma — xaridor fayllarni yuklab oladi

Yopiq Telegram kanal

To’lovdan so’ng xaridorga bir martalik taklif havolasi beriladi

Obuna (a’zolik)

Oylik yoki yillik to’lov evaziga yopiq kontent va hamjamiyat

Dastur litsenziyasi

Har bir xaridorga noyob litsenziya kaliti avtomatik beriladi

Xizmat / konsultatsiya

Mentorlik, konsultatsiya, audit — xariddan so’ng ko’rsatmalar yuboriladi

Telegram

Pullik kanal — chek skrinshotlarisiz

Botingizni ulang va kanalga admin qiling. To’lovdan so’ng har bir xaridor faqat o’zi uchun ishlaydigan taklif havolasini oladi.

  • Bir martalik havola — boshqalarga ulashib bo’lmaydi
  • Oylik, 3 oylik yoki yillik obuna
  • Obuna tugashidan 3 kun oldin xaridorga eslatma
  • Statik havola bilan ham ishlaydi (bot ulanmagan bo’lsa)

Hamkorlik dasturi

Bloggerlar sizning mahsulotingizni sotsin

Komissiya foizini belgilang — hamkorlar shaxsiy havola oladi va o’z auditoriyasiga tavsiya qiladi. Sotuv bo’lmasa, hech narsa to’lamaysiz.

  • Har bir mahsulot uchun alohida foiz (5–90%)
  • Ochiq dastur yoki hamkorlarni o’zingiz tasdiqlaysiz
  • 30 kunlik atributsiya, oxirgi havola hisoblanadi
  • Hamkor ulushi avtomatik hisoblanadi va to’lanadi
Hamkorlik bozorini ko’rish

Analitika

Qaysi kanal sotyapti — aniq ko’rasiz

Ko’rishlar, sotuvlar, konversiya va trafik manbalari: Telegram, Instagram, YouTube yoki hamkor havolasi.

  • Kunlik daromad grafigi
  • Mahsulot bo’yicha konversiya
  • Trafik manbalari va hamkorlar hissasi
  • Mijozlar bazasi: kim, qachon, qancha

Pul yechish

Daromad — to’g’ridan-to’g’ri kartangizga

Har bir sotuv 3 kunlik kutish muddatidan so’ng balansingizga o’tadi. Uzcard yoki Humo kartaga istalgan vaqtda yechib olasiz.

  • Minimal yechish — 50 000 so’m
  • Yechish uchun komissiya yo’q
  • Karta ma’lumotlari shifrlangan holda saqlanadi
  • Har bir tranzaksiya bo’yicha shaffof tarix

Odatiy ssenariylar

Ijodkorlar Tugma’ni qanday ishlatadi

Ilgari kurs to’lovlarini kartaga qabul qilib, har bir o’quvchini guruhga qo’lda qo’shardim. Endi kurs sahifasi, to’lov va Telegram guruhga kirish — barchasi avtomatik.
Ingliz tili ustoziKurs + yopiq guruh
Kontent-reja shablonlarini 89 ming so’mdan sotaman. Eng ko’p sotuv o’quvchilarimning hamkor havolalaridan keladi — ular 25% oladi, men esa reklamaga pul sarflamayman.
SMM mutaxassisiShablon + hamkorlar
Starter kit uchun litsenziya kalitlarini yuklab qo’ydim. Har bir xaridor to’lovdan keyin darhol o’z kalitini oladi — men faqat yangilanishlar bilan shug’ullanaman.
Frontend dasturchiLitsenziya kalitlari

Yana

Sotish uchun kerak bo’lgan hamma narsa

Promokodlar

Foiz yoki summa, muddat va limit bilan.

Bildirishnomalar

Har bir sotuv va hamkor so’rovi haqida.

Mijozlar bazasi

Xaridorlar ro’yxati va xaridlar tarixi.

Sharh va reyting

Faqat haqiqiy xaridorlar baho qoldiradi.

Chiroyli do’kon

Muqova, avatar, rang va ijtimoiy tarmoqlar.

Marketpleys

Mahsulotingiz Tugma katalogida ham ko’rinadi.

Avtomatik xatlar

Xaridorga xarid havolasi va ko’rsatmalar.

Shaffof balans

Kutilayotgan va yechish mumkin bo’lgan summa.

Savollar

Sotuvchilar so’raydi

YaTT yoki MChJ ochishim shartmi?
Boshlash uchun shart emas — jismoniy shaxs yoki o’zini o’zi band qilgan sifatida ham sotishingiz mumkin. Soliq majburiyatlari sotuvchining o’zida qoladi. Pul yechish uchun shaxsingizni tasdiqlash so’ralishi mumkin.
Qancha vaqtda sotishni boshlayman?
Odatda 5–10 daqiqa: ro’yxatdan o’tish, do’kon nomi, birinchi mahsulot va narx. Kurs yoki Telegram bot sozlash biroz ko’proq vaqt olishi mumkin.
Fayllarim xavfsizmi?
Fayllar yopiq omborda saqlanadi va faqat xaridorlarga vaqtinchalik imzolangan havola orqali beriladi. Yuklab olishlar sonini cheklashingiz mumkin.
Komissiya qancha?
Har bir sotuvdan 5%. Click to’lov xarajati shu ichida. Oylik to’lov yo’q.
Mahsulotimni faqat o’z auditoriyamga sotsam bo’ladimi?
Ha. Mahsulot sozlamalarida marketpleysda ko’rsatishni o’chirib qo’ysangiz, u faqat to’g’ridan-to’g’ri havola va do’koningiz orqali ochiladi.

Do’koningiz 5 daqiqada tayyor

Ro’yxatdan o’ting, birinchi mahsulotni qo’shing va havolani auditoriyangiz bilan ulashing.

Oylik to’lov yo’q · 5% faqat sotuvdan